O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rahbarlik lavozimlari zaxirasiga olingan xodimlarning bilimlari oshirildi

2021-02-15 | Xavfsizlik sohasi

Ma'lumki, ichki ishlar organlarida rahbar kadrlarga bo'lgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borish, zamonaviy rahbar kadrlar tizimini yaratish, shuningdek, rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini kompleks monitoring qilish hamda ularni bosqichma-bosqich mo'ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish dolzarb hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining hududiy filialida Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning tarkibiy va hududiy bo'linmalari uchun shakllantirilgan amaldagi va istiqbolli yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning kasbiy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy va psixologik bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv yig'ini oldi uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, joriy yilning 12-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIVning kengaytirilgan Hay'at majlisida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi, shuningdek, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qo'yilayotgan asosiy talablar etkazildi hamda aholi o'rtasida huquqbuzarlikning har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan samarali ishlarni amalga oshirish har bir ichki ishlar organi xodimlarining asosiy vazifasi ekanligiga to'xtaldi.

Shundan so'ng, Vazirlik Malaka oshirish institutining hududiy filial rahbari podpolkovnik S.Allambergenov, o'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlarga O'zbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 25-sentabr kunidagi 259-sonli «Ichki ishlar organlarida rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning samarali tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi buyrug'ining mazmun-mohiyati, shuningdek, o'quv yig'inining asosiy maqsadi, vazifalari hamda o'quv yig'ini kun tartibi va o'quv-xizmat intizomini tushuntirdi, deydi, Vazirlik Kadrlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik A.Bekimbetov.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться