O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nufuzli xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda videoseminar o‘tkazildi

2021-02-14 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, «Global innovatsion indeks», Times Higher Education World University Rankings va QS World University Rankings kabi nufuzli xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning mavqeinini mustahkamlash maqsadida vazirlik va QS (Quacquarelli Symonds) kompaniyasi hamkorligida videoseminar tashkil etildi.

«2021-yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining eng kuchli universitetlar reytingini tahlil qilish, respublika OTMlarining o‘rni va istiqbollari» mavzusida o‘tkazilgan videoseminarda Respublika Oliy ta'lim Kengashi raisi O‘ktam Umurzakov, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov, QSning Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov, yetakchi konsul'tant Jak de Shanshenel', konsul'tant Kesh Patel, rektorlar va prorektorlar hamda boshqalar ishtirok etdi. 
 
Tadbirda QS kompaniyasining 2021-yilgi mintaqaviy reytingi atroflicha muhokama qilindi, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari faoliyati SWOT tahlil qilindi, ularning ko‘rsatkichlarini boshqa davlatlar universitetlari ko‘rsatkichlari bilan taqqoslandi.
 
Videoseminar yakunida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda O‘zbekiston OTMlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kirish strategiyasi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
 
Videoseminar materiallari bilan tanishish.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться