O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK) bosh kotibi Bag‘dod Amreev bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar TDHKga a'zo davlatlar o‘rtasida tajriba, axborot va texnologiyalar bilan almashinuvni yanada kengaytirish maqsadida 2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK) bosh kotibi Bag‘dod Amreev bilan Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turkiy tilli davlatlar bilan hamkorligi sezilarli darajada mustahkamlandi. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2018-yilda Cho‘lpon ota shahrida (Qirg‘iziston) bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammitida faxriy mehmon sifatidagi ishtiroki O‘zbekistonning TDHK bilan o‘zaro aloqalari tarixidagi tub burilish nuqtasiga aylandi.
“Biz turkiy mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba va ilmiy ishlanmalar natijalari bilan almashish uchun ochiqmiz, TDHK platformasi esa Turkiy kengashga a'zo mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazlari mutaxassislari, olimlari va boshqa vakillari uchun qulay maydonga aylanishi shubhasiz, — deya ta'kidladi vazir Jamshid Xodjaev. — Turkiy dunyoning har bir mamlakati raqamlashtirish sohasidagi muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z yutuqlariga ega va bizning birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz qishloq xo‘jaligi sohasini takomillashtirishga yordam beradi".
Tomonlar TDHKga a'zo davlatlar o‘rtasida tajriba, axborot va texnologiyalar bilan almashinuvni yanada kengaytirish maqsadida 2021-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishini, shuningdek, Kengashga a'zo mamlakatlar yirik agrokompaniyalari ishtirokida Qishloq xo‘jaligi biznes forumini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
"Biz barcha qishloq xo‘jaligi vazirlarini yig‘amiz va birgalikdagi sa'y-harakatlarni qaysi yo‘nalishda amalga oshirish mumkinligini muhokama qilamiz, — dedi Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreev. — Bu TDHK mamlakatlari uchun ulkan va muvaffaqiyatli ish bo‘ladi, chunki barchamiz bir-birimizning to‘ldirib turamiz".
Uchrashuv davomida Kengash hamda mazkur tashkilotga a'zo davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Vazir Turkiy Kengashning agrar siyosatini FAO Mintaqaviy hamkorlik dasturining Janub-Janub yo‘nalishi bilan muvofiqlashtirish zaruriyati haqida gapirdi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRD) erishish uchun mamlakatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar esa istalgan natijalarga yetish uchun yangi hamkorlik aloqalari va zamonaviy yondashuvlar zarurligi haqida eslatib turadi. Janub-Janub yo‘nalishi bo‘yicha sheriklik rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida hamfikrlilik tamoyillariga asoslangan hamkorlikning keng maydoni vazifasini o‘taydi.
Uchrashuv so‘ngida vazir O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining maqsad va vazifalari doirasida Ilm-fan, ta'lim va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini birlashtirishning yagona tizimi (AKIS) yaratilayotgani haqida so‘zladi. Kuni kecha O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar tizimini 2021-2025 yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tashkil etildi, u agrar sohadagi barcha davlat ilmiy va ta'lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi