O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim vaziri hududlardagi bolalar bog‘chasida bo‘ldi

2021-02-13 | Ta’lim

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Jizzax shahrida yangi barpo etilgan “IT Park”da bo‘lib, u yerda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev hamda “IT Park” loyihasi maslahatchisi Jayaram Partasarti bilan uchrashdi.

Vazir viloyat hokimi va loyiha maslahatchisi bilan zamonaviy va innovatsion talablarga asosan maktabgacha ta’lim xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Shundan so‘ng Agrippina Shin Jizzax shahar Navro‘z mahallasidagi 180 o‘rinli 1-son maktabgacha ta’lim tashkilotining rekonstruksiyasi ishlarini ko‘zdan kechirdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 4956,8 million so‘m bo‘lib, MTTning yangi binosi 2021 yil mart oyi yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Manba: O'zA

Поделиться