O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalari dasturlashni o‘rgatadigan robоtlar bilan taʼminlamoqda
2021-02-10 | Ta’lim
Maktabgacha taʼlim vazirligida bolalarga robоtotexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan Albert va Genibоt aqlli robоtlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Janubiy koreyalik hamkorlar O‘zbekiston maktabgacha taʼlim muassasalariga 275 ta robоt va 350 ta o‘quv qo‘llanmasi taqdim qildi.
Tadbir Maktabgacha taʼlim vazirligi, Janubiy Koreya robоt sanoatini rivojlantirish instituti, Janubiy Koreya o‘qituvchilar uyushmasi, shuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robоt va SK Telecom kompaniyalari vakillari ishtirokida onlayn shaklda o‘tkazildi.
Albert va Genibt robоtlari O‘zbekiston bo‘ylab 53 ta maktabgacha taʼlim muassasasiga taqsimlanadi. Joylarda ustozlarni o‘qitish va pilot loyihasi natijalarini monitoring qilish ishlari vazirlik huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi tomonidan olib boriladi.
Pilot loyihasi muvaffaqiyatli yakunlangach, vazirlik yana-da ko‘p bolalar bog‘chalarini aqlli robоtlar bilan taʼminlaydi, shuningdek, ularning ish funksiyalarini imkoniyatlari cheklangan bolalarga mo‘ljallangan dastur bilan to‘ldiradi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi