O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘mita raisi hududiy statistika boshqarmalarining faoliyatini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatiga bordi

2021-02-08 | Iqtisodiyot

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda dastlab, Farg‘ona viloyati tuman va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Hududlarning ijtimoy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida taklif va tavsiyalar berildi. Har bir yo‘nalishda hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli qabul qilish samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda 2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni borasida ham atroflicha fikr-mulohaza almashildi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Yurtdoshlarimizga mazkur muhim tadbirning ahamiyatini keng tushuntirish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganish maqsadida Farg‘onadagi dehqon bozorlarini aylandi, sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, qo‘mita raisi Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Farg‘ona viloyatiga tashrif davomida qo‘mita raisi Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Yozyovon tumanining statistika bo‘limlari faoliyati balan tanishdi hamda mazkur hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida narx-navoni kuzatdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться