O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifiga doir

2021-02-05 | Texnologiyalar

Joriy yilning 5-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “Digital Almaty” an'anaviy xalqaro raqamli forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashkilotda kuzatuvchi maqomi berilgan. Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripov boshchiligidagi delegatsiya ushbu tadbirlarda ishtirok etdi.
 
Qozog‘iston raisligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashi majlisida Armaniston, Belorus, Qirg‘iziston, Rossiya hukumatlari rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi ishtirok etdi. Moldova va Kuba ham kuzatuvchi davlatlar qatorida qatnashdi.
 
Kun tartibiga muvofiq yig‘ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan vositalarni olib tashlash, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integrasion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
“Digital Almaty” forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaqin yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etishni nazarda tutuvchi "Raqamli O‘zbekiston" strategiyasi qabul qilingani va ushbu hujjatda belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilayotgani haqida ma'lumot berildi.
 
Tashrif doirasida, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi M.Mishustin, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri A.Mamin, Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri U.Maripov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining matbuot xizmati

Поделиться