O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Farg‘ona tumanidagi yangi korxonalar bilan tanishdi

2021-02-05 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona tumanidagi “Vodiy Shoes” korxonasidagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘tgan yili foydalanishga topshirilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 16 million dollardan ziyod. Hozirda birinchi bosqichda 1 million juft poyabzal ishlab chiqarilmoqda. 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulotlar assortimenti keng, sifati yaxshi. Asosan mahalliy xomashyodan foydalanilgani uchun tannarxi ham arzon. Shu bois ichki bozorda import o‘rnini bosib, xorijniki bilan raqobatlashmoqda. Eksport mo‘ljali - 12 million dollar.

Ikkinchi bosqichda korxona quvvatini 2 million juftga yetkazish rejalashtirilgan. Shu maqsadda yaqin atrofdagi 18 ta mahalla xotin-qizlari kasanachilik asosida ishga jalb qilinadi. Natijada 5 mingdan ortiq ayollarning bandligi ta’minlanadi.

Prezident shu yerdagi to‘qimachilik korxonasini ham kirib ko‘rdi. «Bahodir Log‘on» paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli mazkur shirkat yiliga 10 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yaponiya, Turkiya, Germaniya va Shveysariyadan uskunalar keltirib o‘rnatilib, ip-kalava va mato ishlab chiqarish, mato bo‘yash yo‘lga qo‘yilgan. 480 kishining bandligi ta’minlangan, shundan 300 nafari yoshlar.

Bu birinchi bosqich bo‘lib, 2022-yilda ikkinchi bosqichni amalga oshirish rejalashtirilgan. Uning natijasida 1 ming 800 ta yangi ish o‘rni yaratib, eksport salohiyatini 16 million dollardan oshirish maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, bozor topish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Farg‘ona viloyatida 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться