O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Bosh vaziri O‘zbekiston Prezidentiga maktub yo‘lladi

2021-02-03 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Sizni va birodar O‘zbekiston xalqini chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.

Pokiston va O‘zbekistonni madaniyat, din va an’analar mushtarakligiga asoslangan yaqin munosabatlar bog‘lab turibdi. Bizning tarixiy va tamadduniy aloqalarimiz milliy o‘zligimizning ajralmas qismidir. Xalqimiz Samarqand va Buxoro shaharlariga chuqur ehtirom bilan qaraydi.

Mamlakatlarimiz taraqqiyoti va ravnaqi uchun biz ikki tomonlama savdo munosabatlarini kengaytirishimiz va iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashimiz lozimligiga qat’iy ishonaman. Mintaqamiz ulkan insoniy va tabiiy resurslarga ega. Barcha sohalarda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida iqtisodiyotlarimizning bir-birini o‘zaro to‘ldirib turishidan samarali foydalanishimiz lozim.

O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining 2020 yil sentyabr oyida Pokistonga tashrifi chog‘ida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish va yaqin orada uning birinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.

Mening savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchimning O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki tomonlama savdo masalalari bilan bir qatorda temir yo‘l koridorlarini rivojlantirish, bank sohasida, iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlardagi hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqilishini mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.

Ushbu tashrif umumiy maqsadlarga sari yanada olg‘a qadam tashlashimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

Men ikki tomonlama munosabatlarning butun salohiyatini ishga solishning qat’iy tarafdoriman.

Sizga Alloh taolodan sihat-salomatlik va baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga esa bardavom taraqqiyot va ravnaq ato qilishini so‘rab qolaman.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Imron Xon,
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri

Manba: O'zA

Поделиться