O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha Samarqand viloyatiga tashrif

2021-02-01 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga vakolatli organ sifatida bir qator  vazifalar yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari tomonidan mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va viloyatdagi boshqa oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari va talabalari hamda Samarqand viloyat soliq boshqarmasi xodimlari va 2021-yil 1-yanvardan moliyaviy hisobotlarini MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub'ektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti departament direktor o‘rinbosari I.Axmadxanov va bosh iqtisodchi I.Sherimbetov tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va viloyatdagi boshqa oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari va talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4611-son qarori mazmun mohiyati va oliy ta'lim muassasalari bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik nizom ahamiyati va mazmuni bo‘yicha taqdimot qilindi. Xususan, “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari pedagog kadrlari, talabalar va davlat organi xodimlari MHXS bo‘yicha o‘qishi va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari Moliya vazirligi tomonidan qoplab berilishi batafsil tushuntirildi.
 
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi xodimlari va 2021-yil 1-yanvardan moliyaviy hisobotlarini MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub'ektlari vakillariga MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan xalqaro buxgalter sertifikatiga ega kamida uch nafar mutaxassis bilan ta'minlanishi bo‘yicha chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, soliq organi xodimlarini va tadbirkorlik sub'ktlari vakillarini MHXSni bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan bepul onlayn o‘quv platformasida (ifrs.academy va profimsfo.uz) o‘qitishni tashkil etish va ularni imtihon natijalari bo‘yicha ma'lumotlarni Moliya vazirligiga yetkazish lozimligi tushuntirildi.
 
Uchrashuvlar yakunida Moliya vazirligi xodimlari tomonidan uchrashuv ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar bo‘yicha batafsil javob berildi va ma'lumotlar almashib turish maqsadida telegramm kanal ochilganligi ma'lum qilindi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться