O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

2021-02-01 | Yoshlar

Joriy yilning 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ikkita muhim yo‘nalish: yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ilgari surilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi, 4 ta sektor, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi,  vazirlik va tashkilotlar rahbarlari tomonidan «Temir daftar» va «Yoshlar daftar»ga ro‘yxatga olingan yoshlar bilan joylarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi uchrashuv Bo‘zatov tumanida o‘tkazildi.
 
Unda dastlab, ro‘yxatga olingan yoshlar orasida tadbirkorlikka qiziquvchi fuqarolarga berilayotgan imkoniyatlar, tumandagi yangi ish o‘rinlari, Yoshlar «1+1» dasturining ahamiyati, biznes g‘oyani amalga oshirish va ajratilayotgan subsidiyalarning yangi mexanizmi bo‘yicha interfaol usulda seminar trening tashkil etildi. Shuningdek, kiber jinoyatning oldini olishga oid videorolik namoyish etildi.
 
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ular tomonidan fikr va takliflar bildirilmoqda. Jumladan, yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish masalalari ko‘tarildi. Tadbir davomida bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qilgan 16 nafar yosh ishga joylashtirildi.
 
– Bunday tadbirlarning tashkil etilishi yoshlar muammolarining joylarda hal etilishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Qushxonatog‘” ovul fuqarolar yig‘inidan Kunsuluv Qutlimuratova. –Mening murojaatim ijobiy hal etilib, tumandagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldim.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi matbuot xizmatining  ma’lum qilishicha, navbatdagi uchrashuv reja asosida 3 fevral kuni Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tadi.
 
 Dovud ABIBULLAEV

Manba: O'zA

Поделиться