O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokiston delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
2021-01-31 | Siyosat
Pokiston Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud boshchiligidagi delegatsiya bugun muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Pokiston savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maxsus qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Pokiston delegatsiyasi, shuningdek, “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston uch tomonlama ishchi guruhi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.
Abdul Razzoq Dovud va delegatsiya a’zolari Samarqand shahriga tashrif buyurib, Islom qadamjolarini ziyorat qiladi, qadimiy shaharning tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi