O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlarning muzokaralari yakunlandi
2021-01-31 | Siyosat
26-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralar davomida tomonlarning har oydagi uchrashuvlarini o‘tkazish nazarda tutilgan 2021 yilgi tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish sanalari va joylari to‘g‘risida kelishuvga erishildi, shuningdek, davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli Protokol imzolandi.
Uchrashuv do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik ruhida o‘tdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi