O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sportni sev sport bilan yasha” festivali Namanganda yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

2021-01-31 | Sport

Viloyatning barcha tuman va shaharlari hamda mahallalari o‘rtasida sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Namangan viloyatida aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatning barcha tuman va shaharlari hamda mahallalari o‘rtasida sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. >Jumladan, Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan sport maktabi xodimlarining oilalari o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘tkazildi.

Shuningdek, To‘raqo‘rg‘an tumanida aholini sog‘ligini mustahkamlash va sportni keng targ‘ib qilish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman maʼnaviyat bo‘limi va tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida "Salomatlik uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya tadbirlari tuman markazidagi “Yoshlik” o‘yingohida o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Chust tumanida “Sportni sev sport bilan yasha” festivali final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan festival doirasida Chust tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi sport zalida sportning stol tennisi buyicha musobaqa ham bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning final bosqichi ochilish marosimida Chust tuman xokimi B.Xamdamov hamda Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i A.Tuychiyevlar ishtirok etishdi. Sport musobaqasida Namangan viloyatining barcha tumanlari jamoalaridan 200 nafardan ortiq uyushmagan yosh o‘g‘il va qizlar ishtirok etishdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Shamsiddinov hamda Chust tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori I.Mirzaxalov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться