O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek kurashi «Osiyo bolalari» o‘yinlari dasturiga kiritildi

2021-01-29 | Sport

O‘zbek milliy kurashi «Osiyo bolalari» o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Kurash xalqaro assotsiatsiyasi maʼlumotiga asoslanib.

- «Osiyo bolalari» xalqaro o‘yinlari boshqaruvi yig‘ilishida kurashni mazkur o‘yinlarning sport dasturiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, — deb maʼlum qildi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon.

Maʼlumot uchun, «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shafeligi ostida 1996-yildan buyon to‘rt yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. 2020 yil Mo‘g‘iliston mazkur musobaqani qabul qilishi kerak edi. Pandemiya sababli bolalar o‘yinlari boshqa muddatga qoldirilgan.  2024-yil u Rossiyaning Yakutsk shahrda bo‘lib o‘tadi.

2019-yil fevral oyida  Yujno-Saxalinsk (Rossiya) shahrida «Osiyo bolalari» birinchi xalqaro qishki sport o‘yinlari ham o‘tkazildi. Eʼtiborlisi, unda o‘zbekistonlik yosh atletlar ham ishtirok etdi.

Shuningdek, 2019-yil dekabr oyida Toshkentda «Osiyo bolalari» o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasining Ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qitʼa bolalar o‘yinlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston 2028-yil bo‘lib o‘tadigan «Osiyo bolalari» o‘yinlarini qabul qilishga daʼvogar mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться