O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bosh maqsad - aholiga qulaylik yaratish va davlat idoralarining faoliyat samaradorligini oshirish

2021-01-21 | Texnologiyalar

Elektron hukumatni takomillashtirish raqamlashtirish jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 

Davlat idoralari va aholi o‘rtasida interaktiv muloqotning samalari mexanizmini yaratish fuqarolarimizning vaqt va mablag‘larini tejashga, shu bilan birga davlat idoralarining faoliyatini tubdan yahshilashga zamin yaratadi. Elektron hujjat ayalanishi orqali ularning vaqt va moliya xarajatlarini kamaytiradi, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlaydi.

Elektron hukumat tizimini rivojlantishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali muhim o‘rin tutadi (my.gov.uz). 2020-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini  rivojlantirish doirasida muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yil natijalari bo‘yicha 9,8 millionta ariza kelib tushgan, Yagona portalning foydalanuvchilar soni 185 mingga ko‘payib, 380 mingtaga yetdi. Bugungi kunda Yagona portal orqali 218 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Aholi uchun qator dolzarb xizmatlar joriy qilindi. Hozirgi kunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali quydagi xizmatlardan onlayn rejimida foydalanishlari mumkin:

  • shifokor qabuliga yozilish;
  • maishiy chiqindilar uchun shaxsiy hisobvaraqa holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
  • ish haqi miqdorini va ish stajini tasdiqlash to‘g’risidagi arxiv ma'lumotnomasini olish;
  • abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma‘lumotnomasini olish;
  • ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish;
  • migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (pasport stol) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish;
  • farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish uchun ariza berish;
  • fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g`risidagi ma'lumotnoma olish;
  • yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborish;
  • doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashayotgan muddati va doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;

 

Joriy yil boshida esa yangi dolzarb va talab yuqori xizmat joriy etildi. Endi fuqarolarimiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Hozirgi kunda ID kartani olish uchun kelib tushgan arizalarning soni 3 migdan oshdi.

Yagona portalni takomillashtirish va foydalanuvchilarga yanada qulaylik yaratish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholiga elektron davlat xizmatlarni olishda yanada qulaylik yaratish maqsadida Yagona portalning Android- va iOS platformada ishlaydigan mobil ilova yaratildi va ishga tushurildi. Dasturning funktsional jihatlari kalilt so‘zlar orqali qidiruvni amalga oshirish, yuborilgan arizani ko‘rib chiqish jarayonining monitoringini olib borish, davlat xizmatlari markazlarining geolokasiyasini ko‘rishga imkon beradi.

Ta’kidlash kerakki, portalning mobil versiyasida faqatgina avtomatlashtirilgan elektron xizmatlar joriy etilgan. Bu esa davlat idoralari xodimlarining aralashuvini bartaraf etishga va fuqarolarimizning vaqtini tejashga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining Telegram boti (myGovUzSupportBot) va SMS-axborot xizmati joriy qilingan.

Yagona portalning yana bir muhim afzalliklaridan biri fuqarolar imtiyozli ravishda, 10 foiz chegirma bilan davlat xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

O‘tgan yili oxirlarida portalning yangi versiyasi taqdim etildi, va uning afzalliklari qatorida yangi interfeys va batafsil statistik ma’lumotlarni keltirish mumkin. Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  tizimida elektron to‘lovlarning imkoniyatlari kengaytirilgan bo‘lib, unga PaySys to‘lov tizimi integratsiyalashgan. Mazkur to‘lov tizimi foydalanuvchining bank kartasini shaxsiy kabinetiga ulashga va qator to‘lov tizimlarda onlayn ravishda tranzaktsiyalarni amalga oshirishga imkon yaratadi.

Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Yagona portal orqali davlat xizmatlardan foydalanish doirasida paydo bo‘layotgan murojaatlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan call markazi ishga tushirildi.

2020-yilda elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan muhim loyilardan biri Identifikatsiyalashning yagona tizimi haqida aytib o‘tish kerak (https://id.gov.uz/). Uning yordamida foydalanuvchilar elektron hukumatning turli axborot tizimlariga kirishlari mumkin, va ularning ma’lumotlarining mahfiyligini saqlash bo‘yicha xavfsizlik choralar ko‘riladi.

Hozirda mazkur tizim foydalanuvchilarining soni 600 mingdan oshdi. Unga 20 dan ortiq vazirlik va idoralar ulangan, ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual Qabulxonasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi, Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali (E-kommunal), “Yagona oyna” markazlari veb-sayti, “Mening Fikrim” jamoaviy murojaatlar portali va boshqalar.

 

2021-yilda elektron hukumat tizimini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Yagona portal tizimida elektron davlat xizmatlarining sonini ko‘paytirish. Joriy yilda yana 60 ta talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarni joriy etish va ularning umumiy sonini 278 gacha yetkazilishi rejalashtirilgan;
  • Respublika bo‘yicha barcha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida E-qaror elektron tizimini joriy etish;
  • Ochiq ma’lumotlar portalining infratuzilmasini va dasturiy platformasini modernizatsiyalash;
  • Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimini yaratish;
  • Tibbiyot sohasida masofaviy tibbiyot va ta’lim xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimiga “Telemeditsina” tizimini joriy etish;
  • Pochta xizmatlari faoliyatiga elektron davlat xizmatlarni joriy etish.

Elektron hukumat tizimi doirasida amalga oshirilgan choralar davlat  idoralar faoliyat ko‘rsatishda shaffof va samarali mexanizmini yaratish, fuqarolarga  qulay va tezkor elektron davlat xizmatlari bilan ta’minlashdan iboratdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться