Izoh:
1. Ushbu tariflar 1 kVt. soat elektr energiyasi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyul' “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2018-yil 12-yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga asosan o‘rnatilgan.
2. Yuqorida ko‘rsatilgan Hukumat qaroriga ko‘ra:
– Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori, 1-ilovasidagi 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan” so‘zlari “2 oydan” so‘zlari bilan almashtirilgan;
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1,2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblanadi.
– Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar 2019-yil 15-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi