O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar

2021-01-20 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta'kidlaganidek: “Aholining iqtisodiy faolligi va daromadlari o‘sishi bilan energiya manbalariga bo‘lgan talab ham ortib boradi”. Shu munosabat bilan Energetika vazirligi tomonidan quvvatlarni oshirish, jumladan barqaror elektr ta'minoti bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston aholisiga 1,74 mlrd. kVt.soat, 2018-yil dekabr oyida esa (Energetika vazirligi tashkil etilishidan avval) – 1,57 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Ya'ni, bu borada o‘sish 11 foizni tashkil etdi.
 
Umuman olganda 2020-yilda mamlakatimiz bo‘ylab elektr energiyasi iste'moli 69,1 mlrd. kVt. soatni tashkil qilib, bu 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,1 foizga va 2016-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 20,1 foizga ko‘pdir.
 
Elektr energiyasi iste'molining bunday ortishi qanday ta'minlangan? Avvalo, 2020 yilda mamlakatimiz elektr stansiyalarida 66,4 mlrd. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foizga ko‘pdir va 2016-yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘p.
 
Mamlakatimizda qo‘shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish generatsiya qilinadigan quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga amalga oshirilmoqda. Ularning barchasi zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarga asoslangan.
 
Xususan, 2016-yilda qabul qilingan Investisiya dasturida ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish hisobiga davlat kafolati asosidagi kreditlar hisobidan 3,7 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.
 
Bularga qator elektr stansiyalarini qurish va modernizasiya qilish hisobiga erishildi. Shu tariqa, 900 MVt yangi quvvatlar Tolimarjon IES, 560 MVt – Taxiatosh IES, 450 MVt – Navoiy IES, 370 MVt - Toshkent IEM, 150 MVt Angren IESdagi ko‘mir energoblokidan olindi. Bu degani, 1 ta yangi elektr stansiyasi, 4 ta yangi gidroelektr stansiyasi va mavjud elektr stansiyalarni kengaytirish ishlari amalga oshirildi.
 
Namangan viloyatida qurilgan yangi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi bugungi kunda Farg‘ona vodiysining uchta viloyati iste'mol qilayotgan elektr energiyasi hajmining yarmini ishlab chiqarmoqda, ya'ni energiya tizimi sharqiy bo‘g‘ini energetik xavfsizligini ta'minlashda muhim rol' o‘ynaydi. To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushirilishidan avval Farg‘ona vodiysining energiya ta'minoti faqatgina O‘zbekistonning boshqa hududlari va Qirg‘iziston Respublikasidan import qilinayotgan elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilar edi.
 
Investisiya dasturida ko‘zda tutilgan loyihalarni to‘liq amalga oshirish hisobidan mamlakatimizda har yili 2016-yilga nisbatan 21 mlrd. kVt.soatga ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, amaldagi elektr stansiyalarini modernizasiya qilish va yangilarini qurishda qo‘llanilayotgan energiya tejamkor texnologiyalar 1 kVt.soat uchun yoqilg‘i harajatlarini 1 foizga tushirish imkonini bermoqda. Natijada elektr energiyasini ishlab chiqarishda o‘rtacha 2 mlrd. kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi.
 
2020-yilning o‘zida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sherikligi asosida oltita yangi elektr stansiyalari qurilishi boshlab yuborildi. Ularning umumiy qiymati 2 milrd. dollar, umumiy quvvati esa 2700 megavattni tashkil etadi.
 
2020-yilda investitsiya loyihalari bosqichlari amalga oshirilishi natijasida 2021-yilda mamlakatimizda 1387 megavattlik  quvvatlar bo‘lgan 9 yangi elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
 
Ulardan shu yilning oktabr va noyabr oylarining o‘zida turk kompaniyalari bilan hamkorlikda quvvati 940 MVt bo‘lgan 4 ta yangi IES quriladi.
 
Shuningdek joriy yilning oktabr oyida har birining quvvati 100 MVt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda (Samarqand viloyatida Total Eren (Fransiya), Navoiy viloyatida Masdar (BAA) o‘z loyihalarini amalga oshirmoqda).
 
Gidroenergetika sohasida ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2021-yil iyun oyida GESning Chirchiq-Bo‘zsuv kaskadiga kiruvchi “Kamolot” gidroelektr stansiyasi qurilishi yakunlanadi. Shuningdek iyun oyida Surxondaryo viloyatidagi To‘polang daryosida Zarchob kichik GESlari kaskadini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться