O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

RASMIY MUNOSABAT

2021-01-21 | Madaniyat

Kuni kecha, Podrobno.uz saytida Madaniyat vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari yuzasidan tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.

Mazkur holat bo‘yicha Madaniyat vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh jumladan, Madaniyat vaziri o‘rinbosari O.Mirzayev, vazirlik boshqarmasi boshlig‘i S.Madiyev hamda Respublika musiqa va san'at kolleji direktori I.Azimovlar ishtirokida maqolada ko‘tarilgan muammo o‘rganib chiqilib, suratdagi kamchiliklar qisman bartaraf etildi.
 
Respublika musiqa va san'at kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi «Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PF-6000-son farmoni 13-bandiga asosan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida tashkil etildi va 2020/2021 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshladi.
 
Muassasa binosi haqiqatdan ham ayanchli ahvolda. O‘quv binosi, oshxona va 150 o‘rinli yotoqxona mavjud bo‘lib, 1968, 1972 yillarda qurilgan va 2004-2005 yillarda Toshkent shahar hokimiyatining manzilli dasturi asosida rekonstruksiya qilingan. Quvvati 750 o‘rinli. Muassasa binolari bugungi kunga qadar ta'mirlanmagan. Mazkur binoning dastlabki ta'mirlash ishlari 2021-yil 1-apreldan boshlanadi. O‘quv binolari esa 2021-yil sentabr oyigacha to‘liq ta'mirlanish rejalashtirilgan.
 
Madaniyat vazirligi tomonidan ushbu ta'lim muassasasi binolarini 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich ta'mirlash maqsadida loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Vazirlik rejasiga ko‘ra, 2021-yilda iqtisod qilinishi rejalashtirilgan 10 mlrd. so‘m mablag‘ni ushbu muassasani ta'mirlash ishlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mazkur muassasaning faoliyatini samarali tashkil qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilib, hozirgi paytda loyiha Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Loyihada ushbu muassasaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish bilan bir qatorda qo‘shimcha yotoqxona, sport zal va konsert zalini qurish aks ettirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться