O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-01-21 | Iqtisodiyot

20-yanvar kuni, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida Jahongir Ortiqxo‘jayev va Manish Prabxat, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazilgan onlayn-sammitda qabul qilingan ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik haqidagi qo‘shma bayoniga muvofiq ishlash niyatini ma'lum qildilar.
 
Toshkent hokimi Hindiston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilib, ikkita yirik investitsion loyihalar – Sergeli va Bektemir tumanlaridagi Minerva Smart City loyihalarini yod etdi. Shuningdek, Amiti universitetining yaqinda ochilgan filiali yoshlar orasida talabga egaligini ta'kidladi. Ikkala taraf O‘zbekistonda yogani ommalashtirishga bo‘lgan qiziqishni qayd etdi. Hind tarafi ushbu qadimgi shifobaxsh amaliyot bo‘yicha murabbiylarni ta'minlash taklifi bilan chiqdi, Jahongir Ortiqxo‘jayev takliflarni ko‘rib chiqib, Federatsiya boshqaruvi bilan O‘zbekistonda yogani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishni va'da qildi.
 
So‘ngra janob Prabxat hindistonlik tadbirkorlarning Toshkent bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishi o‘sib borayotganini va bizning bozorga kirish uchun hamkorlar saralanayotganini ma'lum qildi. Taraflar xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va investisiyalarni jalb qilishga kelishib oldilar.
 
Shuningdek, Prabxat Hindiston davlat arbobi La'l Bahodur Shastri xotirasiga bo‘lgan e'tibor uchun hokimga minnatdorlik bildirdi va ikki davlat jamoatchiligi vakillari uning haykali poyiga gullar qo‘yishdi. O‘z navbatida, Jahongir Ortiqxo‘jayev iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalqlar do‘stligi festivali haqida ma'lumot berib, madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etishni taklif qildi. Mazkur taklif minnatdorlik bilan qabul qilindi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться