O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJga yangi rahbarlar tayinlandi

2021-01-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-yanvar kuni “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi hamda kombinat rahbariyatining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida zavodni intensiv va yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalariga muvofiq, “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyatining faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
 
Shu munosabat bilan majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. "O‘zmetkombinat" AJ Kuzatuv kengashi ko‘p yillar davomida jamiyatda faoliyat yuritib kelgan Rashid Pirmatovni aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqladi.
 
R. Pirmatov Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. U 1986-yilda Moskva po‘lat va qotishmalar institutini metallurgiya muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Bekobodga qaytib kelgach “O‘zmetkombinat” AJda usta, muhandis, elektr po‘lat ishlab chiqarish sexi boshlig‘ining o‘rinbosari, texnologik markazi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
 
R. Pirmatovning ish faoliyati zavod bilan chambarchas bog‘liq. O‘z sohasining yetuk mutaxassisi, ishlab chiqarish jarayonlarini chuqur biladi, korxonani modernizasiya qilish va mahsulot turlarini ko‘paytirish jarayonlarida faol ishtirok etgan.
 
R. Pirmatov texnika fanlari nomzodi, uning ilmiy izlanishlari mavzusi ham metallurgiya sanoatini rivojlantirishga qaratilgan. Zavoddagi yutuqlari, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2014-yilda "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" unvoniga sazovor bo‘lgan.
 
R. Pirmatov kombinat jamoasi orasida, qolaversa, mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. 2014-2019 yillarda senator etib saylangan, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a'zosi sifatida faoliyat yuritgan.
 
 
"O‘zmetkombinat" AJ kuzatuv kengashi shu kuni Dilshod Axmedovni kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu lavozimga ham malakali va tajribali mutaxassis, ishlab chiqarish tashkilotchisi tayinlandi.
 
 
D. Axmedov, 1972-yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft' va gaz universiteti hamda “SKOLKOVO” Moskva menejment maktabida muhandis va biznes ustasi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. D. Axmedov ishlab chiqarishni tashkil etish, O‘zbekiston va Rossiyadagi sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.
 
"O‘zmetkombinat" AJ rahbariyatining kengaytirilgan yig‘ilishida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarining borishi, mamlakatning yetakchi qora metallurgiya korxonasini rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
"O‘zmetkombinat" AJ 
 
Matbuot xizmati

Поделиться