O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan va Navoiy viloyatlarida sport sohasidagi ishlar kompleks o‘rganilmoqda

2021-01-19 | Sport

Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekistonda 2025-yil yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 468-son qarorlari ijro holatini o‘rganish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Unga ko‘ra, 18-21 yanvar kunlari Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Bosh mutaxassisi, ishchi guruh rahbari R.Talipov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari R. Irmatov, MOQ Bosh kotibi O.Kasimovdan iborat guruh Namangan viloyatida; Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati Bosh mutaxassisi, ishchi guruh rahbari Z.Tadjibaev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari A.Karimov, MOQ raisi o‘rinbosari Sh.Tashmatovdan iborat guruh Navoiy viloyatida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.
 
Namanganda o‘tgan uchrashuvda poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlarni viloyat hokimi Shavkat Abdurazakov kutib oldi. Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda viloyatda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar va ularning ijtimoiy sharoiti, hududlarda muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotining amaldagi holati, kelgusidagi rejalar xususida atroflicha suhbat olib borildi.
 
Unda Olimpiya sport turlari bo‘yicha viloyat federatsiya (bo‘lim)larini tashkil qilinganligi, hamda ularning samarali faoliyat yuritishi holati, shahar va tuman hokimiyatlarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan viloyat sportchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu masalalar yuzasidan funksional vazifalarning bajarilishi, mutasaddilarning mas'uliyati va javobgarligi, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi rejalashtirilayotgan sportchi hamda ularning murabbiylariga yaratilgan shart-sharoitlar, hududlardagi sport ob'ektlarining faoliyati va yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar kabi masalalar suhbatning asosiy mavzulariga aylandi.
 
Ishchi guruh a'zolari shundan so‘ng Namangan viloyati madaniyat markazida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi, BO‘SM va IBO‘SM mutasaddilari bilan uchrashdilar. Unda viloyatda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini oshirish kabi ustuvor masalalar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.
 
Safar davomida mutasaddilar muhtaram Prezidentimiz tomonidan berilgan sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini joriy yilda kamida 25 foizga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlarining amaldagi ijrosi, bu borada olib borilayotgan ishlar, rejalar bo‘yicha tanqidiy ruhdagi o‘rganishlar olib borishdi. Shuningdek, uchrashuvda sohadagi muammolarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi. Ishchi guruh a'zolari safar davomida yuqorida ta'kidlab o‘tilgan masalalar bo‘yicha Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, Namangan Olimpiya zaxiralari maktab internatining imkoniyatlarini yaqindan o‘rganishdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться