O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tizim xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlari tashkil etildi

2021-01-19 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 11-18 yanvar kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2021-yilga bag‘ishlangan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar” mavzusida qator o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

Murojaatnoma va tizimga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda hududiy rahbarlarning bilim va malakalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminarlarda hududiy boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va tizimdagi boshqa mas'ul xodimlar ishtirok etdi.
 
Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan seminar dasrlarida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Shoira Umarovaning Murojaatnomada aks etgan tizim oldida turgan eng muhim  vazifalar hamda Tashkiliy nazorat va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i Elmurod Qarshiyevning vazirlikka yuklatilgan vazifalarni ijro etish mexanizmini sifat jihatdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma'ruzalari tinglandi.
 
Seminar davomida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyati, xususan, unda belgilangan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar borasidagi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
 
O‘quv jarayonlari davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться