Yutuqli chek o‘yinlari – bu DSQning 2020-yildagi eng ommabop ijtimoiy loyihalaridan biri.
O‘tgan yili iste'molchilar uchun oltita tiraj o‘tkazildi. Ularda 120 ta qimmatbaho sovrin, jumladan 6 ta Chevrolet Nexia-3 avtomobili o‘ynaldi. DSQ Matbuot xizmati avvalroq o‘yinning iqtisodiy samarasi haqida (https://t.me/soliqnews/5338) ma'lumot bergan edi.
Aksiya 2021-yilda ham davom etadi. Shu munosabat bilan, DSQning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari foydalanuvchilari orasida beshta javob variantidan iborat “Siz navbatdagi tirajlarda sovrinlar tarkibi o‘zgarishini xohlaysizmi?” so‘rovnomasi o‘tkazildi (https://t.me/soliqnews/5343).
Aksariyat ishtirokchilar “Ha! Sovrinlarni 25 taga oshirish, har tirajda Chevrolet Spark avtomobili o‘ynalishi kerak” degan javob variantini faol qo‘llab-quvvatladi (50%dan ziyod). “Faqat Chevrolet Gentra va pul mukofotlari o‘ynalishi kerak” javob variantini esa ishtirokchilarning 37%i ma'qul ko‘rdi.
So‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, sovg‘alar ro‘yxatini o‘zgartirish, sovrinlarni 25 taga oshirish va har bir tirajga Chevrolet Spark qo‘yilishi haqida qaror qabul qilindi.
Onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalardan olingan QR-kodli cheklarni skanerlashda davom eting va DSQ yutuqli chek o‘yinlarida ishtirok eting.
2021-yilning ilk tirajiga juda oz qoldi!
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi