O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Baxmal va Paxtakor tumanlarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qator ishlar olib borildi

2021-01-18 | Jamiyat

Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev rahbarligida Jizzax viloyati hokimligida, viloyat hokimi E.Saliyev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda bugungi kunda mahalla tizimi xodimlari oldiga qo‘yilayotgan talablar, shuningdek, aholi muammolarini aniqlashda rahbarlar tomonidan joylarda “mahallabay” olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
 
Shundang so‘ng viloyatning eng katta va tog‘li hududlaridan biri — Baxmal tumanidagi “Novqa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Novqa qishlog‘ida yashovchi aholi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda bildirilgan takliflar asosida qishloqdagi bir qancha ijtimoiy muammolarni baratraf etish bo‘yicha mas'ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
 
Vazir o‘rinbosari shu kunning o‘zida tumandagi “Sangzor” qishloq fuqarolar yig‘ini Chubor qishlog‘ida yashovchi, xususiy tadbirkor Muhammad Alimov tomonidan ishga tushirilgan 500 tonna sig‘imga ega mevalarni saqlashga mo‘ljallangan muzxona binosi bilan tanishdi va M. Alimovga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berib o‘tdi.
 
Shu bilan birga tumanning “O‘smat” shahar fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan har biri 2 sotixli, 50 ta issiqxona faoliyati, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Jarbuloq Uyas qishlog‘idagi 1,4 km. uzunlikdagi ichki yo‘llarning ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. “Muzbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 21-maktabga olib boruvchi ichki yo‘lga shag‘al to‘shalib, ta'mirlash ishlari amalga oshirilishini tashkil etdi.   
 
Vazir o‘rinbosari B. Parpiyev viloyatning Paxtakor tumanidagi olis “Mingchinor” qishloq fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, hududdagi 5-maktabda mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan takliflar asosida hududdagi S.Rahimov ko‘chasining 0,3 km.lik, Qo‘ng‘irot ko‘chasining 0,5 km.lik va N.Qudratov ko‘chasining 0,5 km.lik qismiga jami 1,3 km uzunlikda shag‘al tosh qoplamasi yotqizish bo‘yicha tuman hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari va tuman yo‘l qurilish bo‘limi boshlig‘iga tegishli topshiriqlar berdi.
 
Shuningdek, turli aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududdagi ishlab chiqarish korxonalariga ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha tuman hokimiga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться