O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident qarori ijrosi tizim rivojini yangi bosqichga olib chiqadi

2021-01-18 | Iqtisodiyot

2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-sonli Qarorining Namangan viloyatida Gidrometeorologiya faoliyatini takomillashtirish doirasida 2020-2022 yillarda Namangan viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasini rivojlantirish Dasturining 4-bandiga muvofiq Namangan viloyatining “Orzu” va “Chodak” qor ko‘chki stansiyasi qurilishini yakunlab ishga tushirish vazifalari ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i M.S.Mutavaliyev tegishli mutasaddilar va mutaxassislar bilan yuqoridagi obyektlarda bo‘ldi. 

Ish jarayonida qurilishni qisqa muddatda yakunlash, hudud atrofini obodonlashtirib manzarali ko‘chatlar ekish va ushbu obyektlarga boruvchi yo‘lni tartibga keltirish va boshqa bir qator ishlar ijrosi bo‘yicha kelishib olindi.
 
Ushbu obyektlar ishga tushirilishi Namangan viloyatidagi avtomobil, temir yo‘llari va iqtisodiyotni barcha sohalariga tezkor va sifatli gidrometeorologik ma'lumotlar bilan ta'minlash imkonini yaratadi.

Manba: Gidrometeorologiya xizmati markazi

Поделиться