Prezident Murojaatnomasidagi agrar tizimiga oid muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqqa navbatdagi murojaatnomasi mazmun-mohiyatini ochib berish, unda keltirilgan masalalar bo‘yicha atroflicha fikr almashish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, Murojaatnomada ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar, ularni samarali tashkil etish yo‘llari xususida so‘z yuritildi.
Murojaatnomada Qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish, raqamlashtirish, yerlarning unumdorligini oshirish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish va qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgani qayd etildi.
2021-yilda qishloq xo‘jaligiga suvni tejash, biotexnologiya va urug‘chilik sohasida eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni davom ettirish va takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, ilm-fan va innovasiya yutuqlari qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilarining mavzuga oid savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi