O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yig‘ilish

2021-01-17 | Iqtisodiyot

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.Hidoyatov soha mutahassislari bilan tanishdi.

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Hidoyatov Sherzod Saidjonovich Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlandi.
 
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan Sherzod Hidoyatov vazirlik jamoasiga tanishtirildi. 
 
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, ijtimoiy sohani raqamlashtirishni joriy etish, aholini yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, issiqlik va ichimlik suv ta'minoti borasida hali bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ko‘p.
 
Shu tufayli ularni hal etish yuzasidan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish talab etilmokda.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Ularni o‘z vaqtida, kechiktirmay va sifatli bajarish bo‘yicha vazirlik tizimidagi mas'ul rahbarlarning, vazirdan boshlab hududdagi tashkilotlarning rahbar va xodimlarigacha ish tizimi aniqdir.
 
Shundan kelib chiqqan xolda, kelgusi rejalarni tizimli amalga oshirish talab etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

Поделиться