O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

QVANT jurnali taqdimoti oʼtkazildi

2021-01-16 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida QVANT ilmiy-ommabop va amaliy jurnalining toʼrtinchi soni taqdimoti boʼlib oʼtdi. 

Jurnal Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining koʼmagida, Oʼzbekistonda maʼrifatchilik gʼoyasini munosib amalga oshirish va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida nashr etilmoqda.

Tadbirda davlat va xususiy sektor vakillari, ilm-fan, ishlab chiqarish va moliya sohalari ekspertlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar. Taqdimotda Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Аzimjon Nazarov, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gulnora Аbdurahmonova, Toshkent shahridagi Vebster universiteti adʼyunkt-professori, Oʼzbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining matbuot kotibi Nargiza Аlikulova soʼzga chiqdilar.

– Jurnal yoshlar, akademiyalar va xususiy sektor vakillari uchun ilhom manbaiga aylanishi shubhasiz, – dedi А. Nazarov. – Negaki aynan “QVANT” orqali innovatsiya va ilm-fan sohasidagi eng qiziqarli yutuqlar, taniqli olimlar, tahlilchilar va ishbilarmonlar bilan intervьyular bilan tanishish mumkin. Oʼzbekistonni dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylantirish gʼoyasi yoʼlidagi ishlarda yurtimizning intellektual potentsialni oshirishga eʼtibor qaratarkanmiz, bunda ilm-fan targʼiboti ham muhim oʼrin egallaydi.

QVANT – “question” (savol), “version” (versiya), “analytics” (tahlil), “news” (yangiliklar), “technologies” (texnologiyalar) soʼzlaridan olingan abbreviatura boʼlib, fan yangiliklari, eng soʼnggi texnologiyalar, ixtirolar, ilmiy tadqiqotlar hamda Oʼzbekiston va butun dunyo taraqqiyotining yangi davri, innovatsiyalar va yurtimizning ilgʼor fikrlovchi kishilari haqidagi maqolalarni oʼzida jamlagan. Jurnal yiliga 4 marta nashr etiladi, . Har bir son hajmi 100 sahifadan iborat. Jurnal intellektuallar va tadbirkorlar, ilmiy va hukumat muassasalariga tarqatiladi, shuningdek www.qvant.uz saytida elektron koʼrinishda taqdim etilgan.

Jurnalning asosiy vazifalari ilmiy tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarga joʼshqinlik berish, dolzarb fundamental va amaliy ilmiy muammolarni hal qilishga respublika olimlarini integratsiyalash, jamiyatda ilm-fan obroʼsini oshirish, ilmiy-texnik ziyolilar qatlamini tarbiyalash va maʼrifatchilik faoliyatini amalga oshirishdan iborat. Jurnalning asosiy doimiy ruknlari: ilm-fan, tibbiyot, koinot, innovatsion texnologiyalar, moliya va iqtisodiyot, huquq, ekologiya, madaniyat va boshqalar. Bundan tashqari, har bir sonda startap loyihalar uchun sahifalar ajratiladi, bu ularga oʼzlarini biznes-farishtalarga tanitish imkonini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться