O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Surxon vohasi O‘rta Osiyo kulolchiligi tamadduni» nomli ko‘rgazma tashkil etildi

2021-01-14 | Madaniyat

 Termiz arxeologiya muzeyida «Surxon vohasi O‘rta Osiyo kulolchiligi tamadduni» nomli ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Madaniyat vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ko‘rgazma ochilishida muzey xodimlari surxon vohasi qadimgi kulolchiligi tarixi  va qadimgi o‘zbek davlatchiligi poydevori bo‘lgan Jarqo‘ton yodgorligi kulolchilik maktabi haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, muzey zaxira fondida saqlanayotgan bronza davri sopol idishlari to‘g‘risida tayyorlangan taqdimot qatnashchilarga namoyish etildi.

Taqdimot muzey bo‘ylab ekskursiya bilan davom etdi.

Ko‘rgazmada Xayrulla kulol tomonidan charxda yasalgan bejirim sanʼat namunasi mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться