O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambarlar qo‘yildi

2021-01-14 | Jamiyat

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni katta ko‘tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.

Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumentiga tantanali gul qo‘yish marosimi yaxshi an’anaga aylangan. Bayram munosabati bilan 14 yanvar kuni tinchligimiz, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati vakillaridan bir guruhi harbiy orkestr sadolari octida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Shundan so‘ng davlatimiz madhiyasi yangradi. Faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida o‘tdi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari harbiy orkestr sadolari ostida Vatanga qasamyod majmuasi poyiga gulchambarlar qo‘yib, ona Vatan himoyachisi ramziga hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.

Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy armiyamiz tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib bormoqda.

Nurillo NASRIEV

Manba: O'zA

Поделиться