O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari malaka darajasini oshirish hamda tajriba almashish maqsadida seminar-trening

2021-01-13 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2021-yil 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasi oshirish maqsadida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmokda.

Joriy yilning 13-yanvarida Seminar-trening 3 kuni bo‘lib o‘tdi va unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
 
Seminar-trening 3 kunida ishtirokchilar quyidagi mavzular:
 
soliq ma'murchiligi, soliq tizimidagi islohotlar; soliq, bojxona va ularning xufiyona iqtisodiyotni aniqlashdagi ahamiyati;
davlat xaridlari tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar;
qonun ustuvorligi va mulk daxlsizligini ta'minlash;
agrar sohadagi islohotlar: klaster tizimiga o‘tish, yerlarni xususiylashtirish va fermerlar huquqlarini himoya qilish;
inson resurslarini boshqarish borasida o‘qitildi.
 
Seminar-treningda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy ekspertlar hamda oliy ta'lim muassasalarining tajribali va malakali professor-o‘qituvchilari jalp etildi. Jumladan, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki va BMT Traqqiyot Dasturi ekspertlari o‘zlarining ma'ruzasi bilan ishtirok etishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться