O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyat 3-sektor rahbari Sayxunobod tumani aholisini qish mavsumini betalofat o'tkazilishini ta'minlash maqsadida uyma-uy yurib ularning muammolarini o'rgandi

2021-01-11 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabr kunidagi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida aholining kam ta'minlangan, temir daftarga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e'tibor qaratish zarurligi qayd etildi. 

Shu maqsadda Sayxunobod tumani “Turon” mahallasi hududida Sirdaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik Sh.T.Mavlyanov boshchiligida uyma-uy yurish orqali aholini qiynab kelayotgan muammolarini o'rgandi. Ushbu hududda 3.113 ta aholi, 646 ta xonadon, 901 ta oilalar istiqomat qilishi aniqlanib ularning yashash sharoitlari, xonadonlarda qish mavsumini qanday o'tkazilayotganligi, gaz balonlarining o'z vaqtida etib kelishi uyning isitish uchun ko'mir va boshqa masalalar bo'yicha o'rganish jarayonida murojaatlar kelib tushdi.

Xususan, “Turon” MFY “Navbahor” ko'chasi 1-uyda yashovchi “Temir daftar”ga kiritilgan yakka yolg'iz yashovchi 1961-yilda tug'ilgan Yaxyoyeva Latofat ayaning xonadoniga kirib uning sharoiti o'rganildi va o'rganish jarayonida fuqaroning murojaatiga asosan 2 qop ko'mir, suyultirilgan gaz to'ldirilgan gaz balon, isitish pechiga yoqish uchun o'tin, oziq-ovqat mahsulotlari isitish pechi (Mikrovolnovka), dori-darmon bilan ta'minlanib, uning murojaatlari shu erning o'zida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, “Turon” MFY “Ulug'bek” ko'chasida yashovchi fuqarolar 1938-yilda tug'ilgan Rahimov Begimkulning xonadoniga kirib uning yashash sharoitlari o'rganilganida unga kerak bo'lgan suyultirilgan gaz to'ldirilgan gaz baloni, o'tin, ko'mir va oziq-ovqat maxsulotlari bilan shu erning o'zida ta'minlandi.

“Turon” MFY “Ulug'bek” ko'chasida yashovchi 1955-yilda tug'ilgan 2-guruh nogironi fuqaro Jabbarova Tuygunoyning yashash sharoiti o'rganish jarayonida uning nogironlik aravachasi so'rab qilgan murojaati shu erning o'zida hal qilinib unga aravachaga qo'shib xassa bilan birga oziq-ovqat maxsulotlari, dori-darmonlar berildi.

Shu bilan bir qatorda o'rganish jarayonida “Turon” mahallasi “Vodil” ko'chasining 800 metr masofasiga 10 ta yuk avtomashinasida shag'al etkazib berildi.

Qolgan murojaatlar bo'yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, qisqa muddatli nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться