O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir o‘rinbosari Botir Parpievning Ishtixon tumaniga qilgan tashrifi davomida bir qancha ijtimoiy muammolar ijobiy hal etildi

2021-01-09 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi qator mahallalarda bo‘lib, “Mahalla raisi - islohotchi” tamoyilini amaliyotga joriy etish, aholi muammolarini aniqlash va tezkor hal qilishda mahalla xodimlarining rolini oshirishga qaratilgan ishlar tahlili bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tumandagi “Toytuyoq” mahallasi Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, bildirilgan takliflarga asosan, mahalladagi 500 metr yaroqsiz yo‘lga tez fursatda tosh yotqizildi. Uchrashuv davomida hududdagi “Oqdaryo” suv omborida suv sathi bahor faslining mart-aprel' oylarida ko‘tarilishi natijasida qatnov yo‘li to‘silib qolayotganligi to‘g‘risida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan muammoni bir hafta muddatda hal etish bo‘yicha mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
 
Tumanning “Bog‘ixon” va “Bo‘ronxo‘ja” mahallalarida yashovchi 100 ga yaqin fuqarolar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida aniqlangan muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida shu kunning o‘zida “Bog‘ixon” mahallasi ichidagi 2 km hamda “Bo‘ronxo‘ja” mahallasi “Qorachuval” qishlog‘idagi 1,2 km yo‘l tosh va shag‘al yordamida tekislandi. Shuningdek, mahallada aholi sonining oshib borishi natijasida yuzaga kelayotgan elektr enegiyasi tanqisligini bartaraf etish maqsadida hududga qo‘shimcha transformator o‘rnatish bo‘yicha tegishli xodimlarga zarur topshiriq berildi.
 
Tashrif davomida vazir o‘rinbosari B. Parpiyevning tashabbusi bilan “Bog‘ixon” hamda “Toytuyoq” mahallalaridagi ijtimoiy kam ta'minlangan aholi vakillari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi va 93 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga “Zarband” mahallasidagi 105 ta, “Bo‘ston” mahallasidagi 177 ta, “Gulobod” mahallasidagi 105 ta, “Shayxislom” mahallasidagi 105 ta, jami 492 ta ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz balonlari tarqatildi. Shuningdek, 23 ta fuqaroning bandligi ta'minlandi, 9 nafari bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi, 14 nafariga o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться