Vazir Rahmat Mamatov Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarida aholi muammolarini o‘rgandi
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Davlatimiz rahbarining 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlis palatalari va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Ma'daniy yurish” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.
Tashrif davomida Murojaatnomada belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2021-yilda mahallani iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, o‘sish nuqtalari (drayverlar)ni belgilash, aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishni “mahallabay” asosda tashkil etish bo‘yicha mas'ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, vazir R.Mamatov tumanda shakllantirilgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar va yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Jumladan, tumandagi “Paxtakor” mahallasida barpo etilgan, 2 sotixli Z xonadan iborat va o‘zida 44 ta xonadonni jamlagan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari hamda aholining boshqa ehtiyojmand qatlam vakillariga uyda bo‘ldi hamda u yerda yashovchi ko‘plab fuqarolar bilan uchrashdi. Jumladan, mazkur uydagi xonadon sohibalaridan biri, “SOS O‘zbekiston” Bolalar mahallasi tarbiyalanuvchisi Maftuna Abdug‘anieva vazir bilan suhbatda endilikda o‘zining ham uyi borligi, unda 2 nafar singlisi va ukasi bilan birgalikda to‘kis oila bo‘lib yashayotgani va bundan bag‘oyat xursand ekanligini bildirib o‘tdi.
Vazir R.Mamatov, shuningdek, viloyatning Ishtixon tumanidagi “Bog‘bon” mahallasida ham bo‘lib, soha faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi