Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash va qayta ishlatish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ma'lumot
Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish doirasida sohada faoliyat ko‘rsatuvchi klasterlar soni 12 taga yetkazilib (2019-yilda 7 ta), 2020- yilda tashkil etilgan 5 ta klasterlarga 11 ta tuman (shahar)lardagi 493 ta mahallalar biriktirib berildi, ular tomonidan 197 329,6 mln.so‘m investitsiya kiritilishi va 1254 ta ishchi o‘rinlari yaratilish belgilandi.
Hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik sub'ektlariga biriktirish bo‘yicha jami 16 ta loyiha konsepsiyalari tasdiqlanib e'longa qo‘yildi, shundan 6 tasi bilan DXSh to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Byudjet mablag‘lari hisobidan jami 242 ta maxsus texnika (2019 yilda 308 ta) xarid qilish bo‘yicha umumiy qiymati 141,5 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolanib, (2019-yilda 128,4 mlrd. so‘m) 117 mlrd. so‘m (207 ta maxsus texnika xaridi bo‘yicha moliyalashtirish 82,6 foiz) mablag‘ moliyalashtirildi va 169 ta maxsus texnika yetkazib berildi.
Sanitar-ekologik me'yor talablari javob bermaydigan 24 ta qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlari faoliyati tugatilib, poligon yerlarini to‘liq rekul'tivasiya qilindi.
Hududlarni sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 85,1 foizga (mavjud 9 041 ta mahalladan 7 694 ta mahalla qamrab olindi) yetkazildi (2019-yil 69 foiz, 6 238 ta mahalla qamrab olingan).
Hududlardan olib chiqilgan qattiq maishiy chiqindilarning 21,9 foizi (1,5 mln. tonna) qayta ishlandi (2019 yilda 19 foiz, 1,3 mln. tonna qayta ishlangan).
2021-yil va I chorakda soha, tarmoq va yo‘nalishlar bo‘yicha erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 90 foiz (9 041 ta mahalladan
8 136 ta mahlalla qamrab olinadi)ga yetkaziladi;
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 25 foizga ga yetkaziladi;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish sohasida xususiy sektor ulushini 28 foizga yetkaziladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi