O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda ayrim tuman hokimliklarining saytlariga uyushtirilgan kiberhujumlar yuzasidan
2021-01-06 | Texnologiyalar
2021-yilning 6-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligining rasmiy veb-sayti, shuningdek Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Denov hamda Uzun tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida axborot xavfsizligi hodisasi yuz berganligi ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zkomnazoratning Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi va boshqa vakolatli vazirlik hamda idoralar hamkorligida viloyat va tuman hokimliklarining veb-saytlari faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur veb-saytlarlardagi axborot xavfsizligi hodisalari oqibatini bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.