O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Nukusda Qoraqalpog‘iston yosh tadbirkorlari, talabalar va jamoat faollari bilan uchrashdi

2021-01-06 | Yoshlar

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov kecha Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manbasiga ko‘ra, yosh tadbirkorlar, talabalar va jamoatchi faollar bilan kechgan ochiq muloqot hududda yoshlarning rivojlanishi va faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalarni atroflicha muhokama etish, ularning bandligini taʼminlash, intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini berdi.

Iqtisodiyot, sanoat va texnologiyalar rivojlanishidagi dolzarb tendensiyalarga to‘xtalib o‘tildi, bunda raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini keng joriy etish va turli sohalarda innovatsion yechimlardan foydalanishning o‘rni alohida taʼkidlandi.

Kichik aholi punktlarida yosh avlodning bandlik darajasini oshirish va qishloq joylarda yoshlar foydalanishlari uchun mo‘ljallangan infratuzilma obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoshlarni hududlarni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ahamiyatli loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga qaratilgan yoshlar tashkilotlari faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Ilmiy-texnik va badiiy ijodiyotni faol rag‘batlantirish, shuningdek, yosh avlod o‘rtasida biznes va loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi alohida qayd etildi.

Shu o‘rinda istiqbolli g‘oyalarni aniq investitsiya takliflariga aylantirishning samarali vositasi sifatida «Loyihalar fabrikasi»ning o‘rni alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va yangi mexanizmlar haqida maʼlumot berildi. Masalan, davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, yaqin kelajakda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalarini moliyalashtirish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi, unga dastlabki bosqichda 100 million dollar ajratilishi maʼlum qilindi. Jamg‘arma mablag‘lari yoshlar loyihalarini past foiz stavkalari va qulay shartlarda amalga oshirish uchun ajratiladi. Bundan tashqari, Respublika hududlarida «yoshlar kichik sanoat zonalari»ni yaratish tashabbusiga to‘xtalib o‘tildi. Uning doirasida investitsiya loyihalarini ruyobga chiqarish uchun yosh tadbirkorlarga ijara va lizingning imtiyozli shartlari asosida taqdim etiladigan alohida ishlab chiqarish maydonchalari, bino va inshootlar quriladi.

O‘z navbatida, uchrashuv qatnashchilari yoshlarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, ularni sanoat va ijtimoiy faoliyatga jalb etish borasidagi fikrlarini bildirdilar. Konstruktiv takliflar qabul qilinib, tadbir yakunida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga ularni amalga oshirish choralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться