O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyada «Zamonaviy o‘zbek hikoyalari» to‘plami turk tilida nashr etildi

2021-01-06 | Madaniyat

Turkiyada  «Zamonaviy o‘zbek hikoyalari» nomli to‘plam turk tilida nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi manbasiga asoslanib.

Anqara shahridagi «Hece Yayinlari” nashriyotida chop etilgan to‘plam shoir va tarjimon Hamza O‘zturkchi tomonidan tayyorlangan. To‘plamdan o‘ttiz nafar o‘zbek adiblarining hikoyalari hamda ikkita adabiy suhbat o‘rin olgan.

Erkin Aʼzam, O‘tkir Hoshimov, Nurali Qobul, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon, Ulug‘bek Hamdam kabi ustoz ijodkorlardan tortib, Jasur Kengboyev, Nodirbegim Ibrohimova, Javlon Jovliyev kabi yosh ijodkorlarning ham ijodiy ishlari o‘rin olgan to‘plam turk o‘quvchilari tomonidan qizg‘in kutib olinmoqda.

– Bu to‘plam har o‘n yilda bir marta yig‘ilib, nashrga tayyorlanadi, – deydi suhbatda tarjimon Hamza O‘zturkchi. —Kamina o‘zbek adiblarining asarlarini to‘pladim va tarjima qildim. Jarayon juda qizg‘in kechdi. Chunki o‘zbek yozuvchilarining asarlari, hikoyalari o‘z tili, milliy ruhdaligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. Bunday asarlar adabiy rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться