O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti hamkorligida qo‘shma taʼlim dasturi ochildi

2021-01-06 | Ta’lim

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti bilan hamkorligida «Axborot texnologiyalar va tadbirkorlik» bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturining ochilish marosimi onlayn shaklda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy va o‘rta mahsus taʼlim vaziri Inom Majidov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati  va Turku amaliy fanlar universiteti rektori Vesa Taatila, Yevropaning eng yirik innovator tadbirkori Piter Vasterbaka hamda «Finest Future» vakillari ishtirok etishdi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida mamlakatimizda taʼlim sohasida dunyoning yetakchi va ilg‘or tajribaga ega universitetlari bilan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Finlyandiya taʼlimi va innovatsiyasi g‘oyalarini yurtimiz oliy taʼlim dasturlariga tadbiq etish vazifalari shular jumlasidandir.  Hozirda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi va ushbu mamlakatning «Finest Future» kompaniyasi bilan hamkorlikda  axborot-kommunikatsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yirik loyihalarga start berilgan.  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ushbu loyihalarda ilk hamkor oliy taʼlim muassasasi sifatida ishtirok etmoqda.

Dasturning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda talabalar 1+3 shaklida taʼlim oladilar. Talabalarga, shuningdek, Finlyandiya kompaniyalariga ishga joylashish imkoniyati beriladi. Yaʼni, dastur ishtirokchilari dastlabki 1 yilni O‘zbekistonda va keyingi 3 yilni Finlyandiyada o‘tkazadilar. Shuningdek, dastur ishtirokchilari  Finlyandiyaning yirik AKT kompaniyalari va startaplarida amaliyot o‘tashadi.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, qo‘shma taʼlim dasturi bakalavriat bosqichida «Axborot texnologiyalari va tadbirkolik» hamda «Biznes axborot texnologiyalari va tadbirkorlik» taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Loyiha Yevropaning eng yirik innovator tadbirkori Piter Vasterbaka yetakchiligida amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha orqali o‘zbekistonlik talabalar eng yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan holda Finlyandiyadan yangi g‘oyalar va tajribalarni egallab yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadilar.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться