O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatining investitsiya va sanoat salohiyati rivojlanishining imkoniyatlari o‘rganilmoqda

2021-01-05 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-yanvar kuni Toshkent viloyatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi muvofiqlashtiruvi ostida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

Ishchi guruhi tarkibiga vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari kiritilgan bo‘lib, ularning vazifasi viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi sanoat korxonalarining joriy holatini joylarga chiqish va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali chuqur tahlil etish, shuningdek, investitsiya va ishlab chiqarish faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
 
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha viloyat shahar va tumanlari hokimlari va hokim o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda Ishchi guruhi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ishlash va idoralararo hamkorlik tamoyillari belgilanib olindi, shuningdek, alohida vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berildi.
 
Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda xomashyoni chuqur qayta ishlashni va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutgan yangi yuqori rentabellik sanoat korxonalarini yaratishga urg‘u bergan holda, hududning investitsiyaviy va sanoat salohiyatidan to‘liq foydalanish zarurligi ta'kidlandi.
 
Ishlab chiqarish hajmining pasayishi sabablarini tahlil qilish va uni qayta tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishni nazarda tutgan holda, pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlar tufayli ishlab chiqarish ko‘lamini qisqartirgan yoki o‘z faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni o‘rganishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Qolaversa, bo‘sh yer uchastkalari, binolar va inshootlardan oqilona foydalanish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi – mas'ul rahbarlarga loyihalar tashabbuskorlarini, moliyalashtirish manbalarini va bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda har bir ob'ektdan foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash topshirildi.
 
Yig‘ilish yakunida Ishchi guruhiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi. Guruh joriy haftada o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться