O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochiladi

2021-01-05 | Turizm

7-yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida ochiq muz maydoni ishga tushirilmoqda.

“Ochiq osmon ostidagi shahar muz maydoni” loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Art Uz Promotion Agency” tomonidan poytaxt hokimligi qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad – aholi orasida sog‘lom turmush tarzi hamda sportni keng targ‘ib qilish.

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov masʼullar bilan muz maydonida bo‘lib, loyiha ochilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Shahar markazidagi muz maydoni bir oy muddatga o‘rnatiladi. Bu vaqt mobaynida ochiq osmon ostidagi muz maydonida qator madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkaziladi. Konsert zonasida “Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, shuningdek, xokkey bo‘yicha o‘smirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2021-yilning 7-yanvar kuni Shahar muz maydoni ochilishi doirasida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin o‘zining “Qish” dasturi bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochilishida o‘zbek estradasi yulduzlarining konserti tashkil etiladi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan fudkort zona xizmati yo‘lga qo‘yilib, unda poytaxtimizning tez ovqatlanish, qandolatchilik va qahva brendlari faoliyat yuritadi. Maydon oldida chang‘i va boshqa uchish aksessuarlari ijarasi punkti xizmati yo‘lga qo‘yiladi.   

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться