O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-sanoat palatasining veb-saytida Mahalliy tovar brendlarining elektron maydonchasi ishga tushirildi

2021-01-04 | Iqtisodiyot

Mahalliy tovar brendlarining elektron maydonchasida:
 
- Mahalliy tovar brendlari ro‘yxati – bu bo‘limga respublikamizdagi o‘z brendiga ega tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati (korxona nomi, manzili, brend rasmi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi) kiritilgan;
 
- Tadbirkorlik subyektlarini brendga aylantirish dasturi – Palata va Agentlik tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni brendga aylantirish dasturi joylangan;
 
- Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari – bu bo‘limda tovar belgisiga oid umumiy ma'lumotlar, ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlar, arizalar namunalari biriktirilgan;
 
- Me'yoriy huquqiy hujjatlar – intellektual mulk sohasiga oid qonunchilik hujjatlari kiritilgan;
 
- Foydali ma'lumotlar - bu bo‘limga intellektual mulk, tovar belgisini himoya qilishga oid prezentasion materiallar, infografikalar va videomateriyallar joylangan;
 
- Ko‘p so‘raladigan savollar – intellektual mulk sohasiga oid tadbirkorlarda yuzaga keladigan ko‘p so‘raladigan savol va javoblar qo‘yilgan.
To‘liq ma'lumot olish uchun ushbu havolaga kiring.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться