O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda karshering tizimi yo‘lga qo‘yildi

2021-01-03 | Turizm

2021-yilning 10-yanvaridan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki shlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy hamda yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatda qisqa muddatli ijaraga berish huquqi beriladi.   

Bunda karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq keluvchi maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart. Ma’lumot uchun: Karshering – Jismoniy shaxslarga, shu jumladan, chet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-dekabrdagi “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida (№812) shu haqida ma’lum qilingan. Shu bilan birga, qarorda O‘zbekistonda velosiped transporti, veloinfratuzilma, veloshering (baykshering) faoliyatini (ijaraga berish) rivojlantirishni rejalashtirish nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, mamlakatda velosipedda va boshqa shaxsiy vositalarda harakatlanish imkonini beruvchi to‘siqsiz va xavfsiz muhit yaratiladi.

Turistik shaharlar, dam olish zonalari, qo‘riqxonalar va mamlakatimizning boshqa madaniy meros obyektlarini bog‘lovchi velosipedlar magistrallari milliy tarmog‘i bosqichma-bosqich barpo etiladi. Shaharlar va hududlarni velosipedlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash va ularni har yili monitoring qilish uchun mezonlar joriy etiladi, shuningdek, velosipedda harakatlanishning inson salomatligini mustahkamlashini inobatga olgan holda velosipedchilik madaniyatini shakllantirishga doir targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi. Bundan tashqari, Butunjahon velosiped kuni va Yevropa harakat haftaligiga bag‘ishlangan yirik velomarafonlar va shu kabi boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться