O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga oid yig‘ilish o‘tkazildi

2021-01-02 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, faoliyat samaradorligini oshirish hamda bu boradagi aniq ish rejalari tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova, vazir o‘rinbosarlari Botir Parpiev, Sodiqjon Turdiev, Azizbek Ikramov hamda vazirlik mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
 
Vazir R.Mamatov tadbir avvalida vazirlik hamda tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil ayyomi bilan tabriklab, o‘zining ezgu tilaklarini bildirib o‘tdi.
 
Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, bu yil Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi joriy yil davomida mahalla tizimini rivojlantirish, oila va xotin-qizlar masalalari, keksalarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘z oldiga qo‘yilgan zarur vazifalarni amalga oshirishda bir qator ishlarni olib borildi. Soha rivojini takomillashtirish maqsadida mavjud huquqiy asoslar yanada mustahkamlandi. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta'minotini yaxshilash, mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash borasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi. 
 
Vazir R.Mamatov bu boradagi ishlar tahlili xususida fikr bildirib o‘tar ekan, kelgusi yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, Davlatimiz Rahbarining kuni kecha Oliy Majlis palatalari va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida keltirib o‘tilgan sohaga oid bir qator vazifalarni bajarishda barcha xodimlardan katta mas'uliyat va fidoyilik talab etilishini ta'kidlab o‘tdi.
 
Yig‘ilish ishtirokchilari tadbir davomida tilga olingan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi hamda vazirlikning kelgusi yil ish faoliyatidagi aniq vazifalar ijrosiga oid o‘zlarining muhim takliflarini bildirib o‘tishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться