O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya Respublikasi Prezidentining Bosh maslahatchisi: O‘zbekiston va o‘zbek xalqiga 2021-yil xosiyatli kelsin, samarali natijalarga, yangi yutuqlarga boy bo‘lsin

2021-01-01 | Jamiyat

Yangi yil munosabati bilan O‘zbekistonning xorijdagi sheriklaridan samimiy tabriklar kelmoqda. Xususan, Turkiya Respublikasi Prezidentining Bosh maslahatchisi Yalchin Topchu yurtdoshlarimizga Yangi yil tilaklarini yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

—2020-yil butun insoniyat uchun og‘ir keldi. Kutilmagan, misli ko‘rilmagan sinovlarga boy yil bo‘ldi. Yaratganga shukrki, Turkiya kabi biz uchun qadrdon bo‘lgan O‘zbekiston ham barcha qiyinchiliklarni yengib, Yangi yilga yorug‘ yuz, yangi shijoat, umid va ishonch bilan qadam qo‘ymoqda.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning muvaffaqiyatli rahnamoligi ostida O‘zbekistonda yaratilayotgan yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi 2021-yilda ham izchil davom etishiga ishonchimiz komil. Zero go‘zal mamlakatingizda o‘zgacha ko‘tarinkilik shukuhi, dadillik va islohotchilik ruhi hukmron.
 
Ozod va obod maskanga aylanib borayotgan O‘zbekiston qo‘lga kiritgan ijobiy natijalar nafaqat o‘zbek xalqiga, balki barcha do‘st mamlakatlar ahliga, xususan Turkiya jamoatchiligiga ham samimiy quvonch va iftixor tuyg‘ularini baxsh etmoqda.
 
Mamlakatlarimiz rahbarlari Prezident Rejab Tayyip Erdo‘g‘on va Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida xalqlarimizning azaliy orzulari ushala boshladi. Umumiy qadriyatlar va mushtarak manfaatlar asosida o‘zaro yaqinlik, birodarlik, hamkorlik va hamjihatlik jarayoni jadal surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda.
 
Ishonamanki, Yangi 2021-yilda O‘zbekiston yangi muvafaqiyatlarni qo‘lga kiritadi. Barqaror taraqqiyot, faravonlik yo‘lida yangi pog‘onalarga ko‘tariladi, yangi marralarni zabt etadi.
 
Ikki tomonlama aloqalarimiz bu yil tarixiy voqealarga boy bo‘ladi. Xususan, 2020 yil davlat rahbarlarimiz boshchiligida Strategik hamkorlik oliy kengashining dastlabki yig‘ilishi Turkiyada bo‘lib o‘tdi. Yangi yilda mazkur yig‘ilishning O‘zbekistondagi ilk tadbiri rejalashtirilgan. Bundan tashqari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida ham muhim qo‘shma tadbirlar, tantanalar bo‘lib o‘tadi.
 
Mana shunday ajoyib sarhisob asnosida, kamina o‘zim va oilam nomidan qadrdon o‘zbek xalqiga Yangi — 2021-yil hosiyatli kelsin deyman, samarali natijalarga, yangi yutuqlarga boy bo‘lishini tilab qolaman.
 
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться