O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belaruslik mutaxassis ma'ruza qildi
2020-12-31 | Xavfsizlik sohasi
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida xorijning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik samarasida mashg'ulotlar tashkil etilmoqda.
Galdagi mashg'ulotda Belarus` Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kafedra boshlig'i o'rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, dotsent, polkovnik Ivan Fedchuk o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” yo'nalishida ta'lim olayotgan kursantlar ishtirok etgan onlayn ma'ruza davomida ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishda o'zaro hamkorligini tashkil etish, faoliyatning asosiy yo'nalishlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlarini samaradorligini oshirish masalalari batafsil yoritildi.
Xorijlik mutaxassis o'z mamlakati tajribasi misolida ichki ishlar organlarining profilaktika xizmati faoliyatiga doir islohotlarning asosiy yo'nalishlari hamda mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tdi.
IIV Akademiyasi matbuot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi