O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi

2020-12-31 | Yoshlar

2020-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining videokonferentsaloqa tarzida majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat a’zolari, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar, shu jumladan, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagani turli e’tirozlarga sabab bo‘layotgandi. Mazkur  “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun sohadagi huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga xizmat qiladi.

Qonunda madaniyat sohasida davlat siyosatining maqsadi va asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mazkur yo‘nalishdagi huquqiy munosabat ishtirokchilarini aniqlash va ularning vakolatlarini belgilash, iste’dod egalari va madaniyat muassasalarining huquqiy maqomini belgilash, madaniyat tashkilotlarini davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqa va hamkorligini takomillashtirish va boshqa qator muhim masalalar qamrab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlar sifatida ko‘rsatilib, ularning vakolatlari belgilangan.

Ushbu Qonunning qabul qilinishi, madaniyat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish, sohani tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlaridagi mavjud qarama-qarshiliklar va nomuvofiqliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Поделиться