O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi

2020-12-31 | Saylov

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov barchani kirib kelayotgan Yangi, 2021-yil bayrami bilan samimiy tabriklar ekan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi ham, hamisha bo‘lgani kabi, xalqimiz tomonidan katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olinganini alohida ta'kidladi. 

Murojaatnomada yurtimizda yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2021-yilda va yaqin istiqbolda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. 2021-yil O‘zbekistonda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb ataldi.
 
Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida 2021-yilda mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea — prezident saylovi o‘tkazilishi va Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovlarni milliy qonunchilik va umum'etirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida yuqori darajada tashkil etishga alohida e'tibor qaratishi lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga, o‘tgan saylovlarda orttirilgan milliy tajriba hamda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etish ishlarini davom ettirish zarurligiga e'tibor qaratildi.
 
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov bo‘lajak saylovlarni har tomonlama puxta va qonun talablari asosida o‘tkazish, ushbu mas'uliyatli vazifaga demokratik talablarga mos tarzda, ochiq, oshkora va yorug‘ yuz bilan tayyorlanishida barchaga yuksak muvaffaqiyat, mustahkam salomatlik va xotirjamlik tiladi.  
 
“Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizda ulkan zafarlar, oilaviy baxt va omadlar yor bo‘lsin, - dedi Markaziy saylov komissiyasi Raisi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться