O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv xo‘jaligi vazirligi yoshlari bilan muloqot

2020-12-30 | Yoshlar

2020-yil 28-dekabr kuni Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev tizimda ishlayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Vazirlik tizimida 7 mingdan ziyod yoshlar mehnat qilmoqda. Ularning safi yildan yilga kengayib borayapti. 2019-2020 yillarda respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarini irrigasiya va melioratsiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan oliy ma'lumotli 500 nafardan, jami 1000 nafardan ziyod yosh kadrlar ishga olindi. Hozirda tizimda oliy ma'lumotli kadrlar 45 foizni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2030-yilgacha ularning soni 65 foizga yetkaziladi.
 
Yosh kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida ularni tajribali mutaxassislarga biriktirish, “ustoz-shogird” tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ularning ishni puxta o‘rganishi, sohaga ko‘nikib ketishi tizimdagi har bir rahbar oldiga mas'uliyat etib belgilangan.
 
Sohada 5 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan, o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan, faol va tashabbuskor yoshlarga oliy ta'lim muassasalarining sirtqi bo‘limlariga imtiyozli kirish bo‘yicha tavsiyanomalar berilmoqda. O‘tgan yili 100 nafar, joriy yilda 69 nafar yoshlar tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilindi.
 
Yaqinda mamlakatimizda birinchi bor O‘zbekiston yoshlari forumi o‘tkazildi. Muhtaram Prezidentimiz forumda so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildirib o‘tdilar: “Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur”.  Muloqot chog‘ida bundan buyon suv xo‘jaligi tizimida ham barcha darajadagi rahbarlar faoliyatiga yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirgan ishlariga qarab baho berilishi alohida ta'kidlandi.
 
Vazirlik huzuridagi Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida 34 nafar yoshlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Misol uchun, Aleksandr Dolidudko “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kollektordan foydalanish ishonchliligini oshirish usullari” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasi ustida ishlayapti. 2020 yilda 5 ta ilmiy maqolasi chop etildi, 1 ta monografiya, 3 ta mualliflik guvohnomasiga hammualif hisoblanadi. Muloqot chog‘ida shu kabi ilmiy ishlarni olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, tizimdagi har qaysi tashkilot rahbariga ilmga qiziqishi yuqori bo‘lgan 5-6 nafar iste'dodli yoshlarni saralab, ularni har tomonlama tarbiyalash va muntazam rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirildi.
 
Bugun suv xo‘jaligi sohasida o‘zining tashabbuskor g‘oyalari bilan yutuqlarga erishayotgan yoshlar ko‘p. Oqqo‘rg‘on tuman irrigasiya xodimi Iroda G‘anieva Chirchiq-Ohangaron irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi kafilligida bankdan 100 million so‘m imtiyozli kredit olib, o‘z xonadonida 40 sotix yer maydonida issiqxona qurgan. 3 kishini ish bilan ta'minlab, pomidor va bodring yetishtirmoqda. Bu yil 25 million so‘m sof foyda olishni mo‘ljallab turibdi.
 
Namangan Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimi Abdusamat Abdulazizov o‘zi ishlaydigan nasos stansiyasida alohida joy ajratib, 5 mingta bedana boqayapti. Bir yilda olgan daromadi 144 million so‘mga yetibdi. 5 kishini ish bilan ta'minlagan.
 
Muloqot chog‘ida Suv xo‘jaligi vazirligi Yoshlar yetakchisi Oybek Nuriddinov, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti tadqiqotchilari E'zozbek Ozodov, Sarvar Meliqo‘ziev va boshqalar so‘zga chiqib, vazirga o‘z taklif va g‘oyalarini aytdilar.
 
Yoshlarning barcha takliflari inobatga olinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi suv хo‘jаligi vаzirligi

Поделиться